Yoshlar g‘alaba sari intildi

Date:

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida para pauerlifting, stol tennis va taekvando WT bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bellashuvlarda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘g‘il-qizlar viloyat chempionligi uchun o‘zaro bahslashdi.

Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda yosh sportchilar yuqori jismoniy tayyorgarlik, matonat va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlarini namoyon etib, musobaqalarning haqiqiy bezagiga aylandilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandi. Musobaqa esa viloyatda sport harakatini yanada rivojlantirish va kelajak chempionlarini kashf etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun