Sel oqibatlari bartaraf etilmoqda

Date:

So‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik va sel-toshqinlari Sariosiyo tumanining ayrim hududlarida infratuzilmaga zarar yetkazdi. Xususan, Nilu mahallasida ichki va piyodalar yo‘llarini tiklash, hududni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha tezkor amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kuchli yog‘ingarchilik sabab zarar ko‘rgan ichki va piyodalar yo‘llarini tiklash, hududni loy va chiqindilardan tozalash hamda aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonlarga tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan maxsus texnikalar jalb qilinib, yo‘llarni yuvish va zararlangan hududlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish va aholiga yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun