Inklyuziv ta’lim rivoji o‘rganishda

Date:

Angor tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga UNICEF vakillari tashrif buyurib, inklyuziv ta’lim jarayonini yaqindan o‘rganishdi. Tashrif davomida alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, maxsus jihozlangan sinfxonalar, o‘quv-uslubiy materiallar hamda pedagoglarning malakasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, inklyuziv ta’limning amaliy natijalari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, UNICEF ko‘magida maktab zarur texnik vositalar va moslashtirilgan o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu inklyuziv ta’lim sifatini oshirish va barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun