Muzrabotda biogumus ishlab chiqariladi

Date:

Muzrabot tumanida aholi bandligini oshirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga qaratilgan yangi tashabbus — biogumus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov hamda “Surxon Termiz Umid” MCHJ rahbari Umidjon Abdumalikov ishtirokidagi seminar yig‘ilishida ushbu yo‘nalishning yuqori daromadliligi va kam xarajat bilan tashkil etish imkoniyatlari tushuntirildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu faoliyatni boshlamoqchi bo‘lgan xonadonlarga zarur vositalar va chuvalchanglar arzon narxlarda yetkazib berilib, amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Yig‘ilish yakunida tumanda 1000 dan ortiq xonadonda biogumus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Bu tashabbus nafaqat aholi daromadini oshirish, balki ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun