50 nafar ayol ishli bo‘ldi

Date:

Hududlarda yo‘lga qo‘yilayotgan pillachilik kabi loyihalar nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. Bu tashabbuslar aholining daromad manbaini kengaytirib, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanining Shaffof mahallasida tashkil etilgan markazlashgan pillachilik faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda hududda 150 quti ipak qurti parvarishlanib, jarayonga ko‘plab xotin-qizlar jalb etilgan. Ular ipak qurti parvarishi bilan birga tut bargi yig‘ish ishlarida ham faol ishtirok etmoqda.

Tashrif davomida mehnatkashlarga e’tibor ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda zarur jihozlar topshirildi. Eng e’tiborlisi, yaqinda ishsiz bo‘lgan 50 nafar xotin-qiz bugun doimiy ishga ega bo‘lib, o‘z mehnati orqali daromad topmoqda. Viloyat hokimi pillachilikni mavsumiy emas, balki uzluksiz faoliyatga aylantirish orqali bandlikni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Mazkur loyiha xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ularning iqtisodiy faolligini oshirmoqda. Natijada hududda bandlik darajasi ortib, aholi farovonligi yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun