Ekinlar rejali joylashtirilsa…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi “Javlonbek Hamdam” fermer xo‘jaligida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari va fermerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Tashrif davomida 25 gektar maydondagi g‘o‘za holati ko‘zdan kechirilib, agrotexnik tadbirlar sifati va hosildorlikni oshirish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, fermer xo‘jaligida chorvachilik va asalarichilik yo‘lga qo‘yilgani qo‘shimcha daromad manbayi sifatida e’tirof etildi.

Yig‘ilishda g‘alla va g‘o‘za parvarishi, pilla boqish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, ko‘chat ekish hamda ekinlarni rejali joylashtirish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur yig‘ilish hududda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish va fermerlar daromadini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...
KunTun
KunTun