Tirbandlikka qarshi zamonaviy yechim

Date:

Zamonaviy shaharlarda transport oqimini samarali boshqarish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu maqsadda Toshkentda intellektual transport tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Yangi svetoforlar maxsus datchiklar orqali harakatni tahlil qilib, tirbandlikka qarab yashil chiroq vaqtini avtomatik boshqaradi. Shuningdek, tizim yaqinlashayotgan avtobuslarni aniqlab, jadvaldan kechikmasligi uchun ularga ustuvor harakat imkonini beradi.

Loyiha doirasida barcha kabellar yer ostiga o‘tkazilib, zamonaviy va mustahkam tayanchlar o‘rnatilmoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu yangilik transport boshqaruvini qo‘lda nazoratdan to‘liq raqamli tizimga o‘tkazishda muhim qadam bo‘ladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun