Tomorqadan baraka

Date:

Qiziriq tumanining “Yangikent” mahallasida yashovchi Ra’no Tojiyeva o‘z mehnati va intilishi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Ra’no opa xonadonida tashkil etgan issiqxonada bolgar qalampiri yetishtirib, bozorga sifatli mahsulot yetkazib bermoqda. Har bir qarich yerdan unumli foydalanib, tomorqasini barqaror daromad manbaiga aylantirgan.

Bundan tashqari, u pillachilik bilan ham shug‘ullanib, ipak qurti boqish orqali qo‘shimcha daromad topmoqda. Bu esa nafaqat oilaviy farovonlikni oshiradi, balki milliy an’analarimizni davom ettirishga ham xizmat qiladi.

Ra’no opaning ibratli faoliyati shuni ko‘rsatadiki, mehnat, sabr va izlanish orqali har bir xonadon barakali maskanga aylanishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun