Mavsum qizg‘in pallada

Date:

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai bo‘lgan pilla mavsumi ham kirib keldi. Angor tumanida bu jarayon uyushqoqlik va katta mas’uliyat bilan yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunlarda tumanda ipak qurti parvarishi ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Tuman hokimi Qosim Mardonov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova tajribali pillakor Mengal momo Xolliyeva xonadonida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar va parvarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Ko‘p yillik tajribaga ega pillakorning ish uslubi o‘rganilib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Bu esa hududda pilla yetishtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida pillakorlar tomonidan qilingan duolar yurtimiz tinchligi, mo‘l hosil va barakaga bo‘lgan ezgu tilaklarning ifodasiga aylandi. Angorda boshlangan pilla mavsumi esa yana bir bor mehnat va baraka uyg‘unligini namoyon etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun