Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

Date:

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun qator muhim imtiyoz va imkoniyatlar joriy etiladi. Endilikda askarlar xizmat davomida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi, harbiy qismlarda esa maxsus tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga foizsiz kredit ajratiladi, o‘qishni tamomlaganlar esa zahiradagi leytenant unvoniga ega bo‘ladi. Namunali xizmat ko‘rsatgan yoshlar test sinovlarisiz oliygohlarga qabul qilinadi.

“Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida kasb-hunar kurslari tashkil etilib, xizmatdan qaytgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi hamda davlat ishiga kirishda ularga qo‘shimcha ball beriladi.

Mazkur yangiliklar yoshlarning harbiy xizmat davrini samarali o‘tkazishi, bilim va kasb egallab, kelajakda jamiyatda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun