Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yashnabod” mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov zamonaviy yondashuvlar asosida paxta yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, shinjon usuli orqali qator oralari tartibli joylashtirilib, nihollarning bir tekis unib chiqishi hamda agrotexnik ishlovlarni samarali tashkil etish imkoniyati yaratilayotgani qayd etildi. Bu esa hosildorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida tuman hokimi Ilhom Saparov hamrohligida dalalardagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimining suvni tejash, o‘simlikni aniq oziqlantirish va mehnat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Mazkur yondashuvlar paxtachilikda yuqori natijalarga erishish, fermerlar daromadini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun