Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Date:

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi. Ushbu hujjat, ayniqsa Toshkent shahrida uy-joy ijarasi va savdosida uchrayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra, rieltorlar faqat rasmiy shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi, mijozlarga ko‘rsatgan uylarni o‘z nomiga rasmiylashtira olmaydi. Shuningdek, ularning malakasi tekshiriladi va faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Xizmatlar elektron tizimlar orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar noqonuniy pul aylanishi va firibgarliklarni kamaytirish, eng muhimi esa ijara bozorida ko‘p hollarda zarar ko‘rayotgan oddiy fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun