Yoshlar sport va birdamlik maydonida

Date:

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “DXX kubogi – 2026” sport musobaqalarining ochilish marosimi ko‘tarinki va tantanavor ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Sharofiddin Lolayev, nuroniylar, mutasaddilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa 1100 nafardan ortiq yoshlarni qamrab olib, mahallalar kesimida bosqichma-bosqich davom etadi. Bu esa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayram davomida kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. Ta’kidlanganidek, “DXX kubogi” nafaqat sport bellashuvi, balki yoshlar uchun iroda, intizom va vatanparvarlik maktabidir.

Tadbir yakunida musobaqalarga rasman start berilib, yoshlar yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun