Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa va san’at yo‘nalishida “Yangi Oʻzbekiston iqtidorlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovda iste’dodli va faol yoshlar ishtirok etib, o‘z bilim va ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar belgilangan mezonlar asosida baholanib, hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib ishtirokchilar saralab olindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur ko‘rik-tanlov yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

