Ichki ko‘cha asfaltlanmoqda

Date:

Bandixon tumanida aholi uchun qulay infratuzilma yaratish maqsadida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari izchil davom etmoqda.

Xususan, Paxtakor mahallasining Do‘stlik ko‘chasida 450 metr masofada asfalt qoplamasini yotqizish ishlari boshlandi. Mazkur ishlar tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Uzoq yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lib kelgan ushbu yo‘l yozda chang, qishda esa loy sabab aholiga noqulaylik tug‘dirib kelayotgan edi. Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari esa hudud aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, tumandagi mahallalarda ichki ko‘chalarni toshlash va asfaltlash ishlari tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun