Hashar — elga yarashar

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Navbahor” mahallasida aholi vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, ezgu an’ana — hasharni uyushqoqlik va hamjihatlik ruhida o‘tkazmoqda.

Xususan, mahalladagi maktab va bog‘chani o‘zaro bog‘lovchi yo‘lda hashar tashkil etilib, fuqarolar tomonidan piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo‘lakcha barpo etilmoqda. Hashar davomida yo‘l atroflari tozalanib, yer tekislash ishlari olib borilmoqda, yurish uchun xavfsiz sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur tashabbus nafaqat bolajonlar va ota-onalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish muhitini yaratishga, balki hududni obodonlashtirish, mahalla ko‘rinishini yanada chiroyli va fayzli qilish, aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun