8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ayollar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular orasida Denov tumanining “O‘shor” mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Ashirgul Shoymardonova ham bor.
U mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati bilan e’tirof etildi.

