Bandlik ustuvor yo‘nalishda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududda infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi bandligini oshirishga qaratilgan loyihalar ijrosini o‘rgandi.

“Ismoiltepa” mahallasidagi issiqxonalar faoliyati yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, ayrim joylarda ajratilgan yer maydonlari va bank mablag‘laridan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Bu holat oziq-ovqat narxlariga hamda eksport ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, “Termiz Jayxun limonzori” MChJga qarashli issiqxonada ko‘chat yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, ushbu samarali tajribani boshqa issiqxonalarda ham joriy etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi qo‘yildi.

“Boymoqli” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari ham o‘rganilib, ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasi yotqizilmagani, elektr ustunlari eskirgani va tadbirkorlik loyihalari sustligi qayd etildi. Mas’ullarga muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish topshirildi.

Shuningdek, “Markaziy Surxon” mahallasida qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan tanishilib, loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...

Bandlik ustuvor yo‘nalishda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududda...
KunTun
KunTun