5 nafar ayol ish bilan band

Date:

Prezident farmonlari ijrosi doirasida Boysun tumanida aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

“Ariq usti” mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ijtimoiy reyestrda turgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Natijada ikki yil avval ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro Guljahon Norqulova tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, nafaqat oilasining daromadini oshirdi, balki mahalladoshlariga ham ko‘mak berdi.

U 5 nafar ishsiz xotin-qizni shogird sifatida tayyorlab, ularga tikuvchilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berdi hamda guvohnomalar topshirdi. Shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan 5 ta zamonaviy tikuv mashinasi ajratib, ularning mustaqil daromad topishiga sharoit yaratdi.

Mazkur tashabbus xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish yo‘lidagi amaliy natijalardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun