“Yoshlar daftari” ishtirokchilariga pul mukofoti beriladi

Date:

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, “Yoshlar daftari” orqali berilgan yordamdan samarali foydalangan yoshlar endilikda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Mazkur tizimga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan), ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmaydigan yoshlar kiritiladi.

Endi arizalar Davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali topshiriladi. Ajratiladigan yordam individual reja asosida ijtimoiy shartnoma orqali berilib, uning bajarilishi elektron platforma orqali 100 ballik tizimda har oy monitoring qilinadi.

Kamida 6 oy davomida shartnoma talablarini a’lo darajada bajargan va eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 1 000 nafargacha yosh har yili dekabr oyida BHMning 3 baravari — 1 mln 125 ming so‘m miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.

Ushbu tartib yoshlarni mas’uliyatli bo‘lishga, ajratilgan mablag‘dan oqilona foydalanishga hamda o‘z ustida ishlash orqali barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishga undaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun