Inklyuziv muhit va ijtimoiy xizmatlar — e’tibor markazida

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Surxondaryo viloyatidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif avvalida “Yangi O‘zbekiston” mahallasidagi 66-sonli maktabda yaratilgan inklyuziv ta’lim muhiti, maxsus jihozlangan sinflar va o‘quv jarayoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududiy ijtimoiy xizmatlar markazida 13 nafar parvarishga muhtoj shaxs uchun “Faol hayotga qadam” hamda 30 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Kunduzgi parvarish xizmati” yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, YUNICEF va Ishonch fondi hamkorligida Termiz shahridagi 3-son maktabda tashkil etilgan zamonaviy inklyuziv muhit — maxsus sinflar, ilg‘or uskunalar hamda psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishildi.

Tashrif yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, qamrovni kengaytirish va aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun