Termiz xalqaro savdo markazi hududi kengaytiriladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Surxondaryo viloyatini rivojlantirish yig‘ilishida Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari tashrif buyurgan, eksport hajmi 320 million dollarni tashkil etgan. Tadbirkorlar va investorlar markazda yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan.

Shu munosabat bilan savdo markazi hududini 1 ming gektarga yetkazish belgilandi. Mutasaddilarga joriy yilda eksportni 600 million dollarga, kelgusi yilda esa 1 milliard dollarga yetkazish, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratish topshirildi.

Yangi loyihalar hisobiga savdo hajmi va tashrif buyuruvchilar soni sezilarli oshishi kutilmoqda. Markaz hududida qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Endilikda markazdagi tovar aylanmasi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi hamda ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...

“Yangihayot” yangi binoda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb...

Yangi loyiha jadallashmoqda

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat...
KunTun
KunTun