Ishlar jadal tus olgan

Date:

Muzrabot tumanining “Xalq yo‘li” mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida hayotga tatbiq etilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida bajarilmoqda.

Loyiha doirasida 1 kilometr piyodalar yo‘lakchasi va energiya tejamkor tungi yoritish tizimi barpo etilishi, 25-sonli maktab rekonstruksiya qilinib, sun’iy qoplamali futbol maydoni qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 13,5 kilometr asosiy va ichki yo‘llar asfaltlanadi, 10 kilometr elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, 250 kVA quvvatga ega 3 ta transformator o‘rnatiladi. Bundan tashqari, 2,8 kilometr ichki ariqlar betonlanib, nasos uskunasi o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda mahallada ariqlarni betonlash, ichki yo‘llarni asfaltlash hamda elektr tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda. Bajarilayotgan ishlar sifati mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun