Tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatildi

Date:

Termiz shahar hokimligi tashabbusi, shahar prokuraturasi hamda shahar tibbiyot birlashmasi hamkorligida ijtimoiy yotoqxonada istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazilib, Termizdagi “Amu sohillari” mahallasida joylashgan ijtimoiy yotoqxonada yashovchi 72 ta oilaning 203 nafar a’zosi bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Ularning sog‘lig‘i, ijtimoiy ahvoli va bandligi bo‘yicha muammolar o‘rganilib, manzilli choralar belgilandi.

Shuningdek, yotoqxona binosining holati ko‘zdan kechirilib, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish, videokuzatuv va xavfsizlik tugmalarini o‘rnatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ushbu ishlar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ijtimoiy muammolarni erta aniqlash va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun