Minglab oilalarga manzilli yordam

Date:

Ramazon oyida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xayr-saxovat tadbirlarini kengaytirish maqsadida da keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu muqaddas oy davomida viloyatda 15 mingga yaqin kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 8 290 ta oilaga yordam yetkazildi.

Viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilgan ommaviy qabulda ham Ramazonning mehr-muruvvat va bag‘rikenglik ruhi alohida ta’kidlandi. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, minglab boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, yakka yolg‘iz keksalar va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Uyidan chiqish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar xonadonlariga esa yordamlar bevosita yetkazib berilmoqda.

Ramazon oyi davomida saxovat va insonparvarlikka asoslangan bunday tadbirlar viloyat bo‘ylab izchil davom ettiriladi.

Oldingi sahifaBenzin sifati tekshiriladi
Keyingi sahifaBirdamlik ila…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun