Birdamlik ila…

Date:

Oltinsoy tumanining “Gulobod” mahallasida aholi tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali 18 metrli yangi ko‘prik qurilishi jadal olib borilmoqda. Ushbu loyiha mahalla ichki yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va transport vositalari qatnovini yengillashtirishga qaratilgan.

Ayni paytda ko‘prikning tayanch konstruksiyalari o‘rnatilib, betonlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qurilish yakunlangach, mahalla aholisi, ayniqsa bolalar va keksalar uchun xavfsiz va qulay o‘tish sharoiti yaratiladi.

Bunday tashabbuslar joylarda infratuzilmani yaxshilash va aholining kundalik hayotini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun