Bir martalik moddiy yordam ajratiladi

Date:

“Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, kam ta’minlangan qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun keng ko‘lamli yordam choralari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchi oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yetim bolalar yashayotgan oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam beriladi. “Kambag‘al oila” toifasidagi hamda mahalla tomonidan shakllantiriladigan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalarga esa 500 ming so‘mdan yordam ajratiladi.

Shuningdek, ijtimoiy reyestrdagi 6 ming nafar bemor fuqarolarning davolanish va jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi. Mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Vaqf xayriya jamoat fondiga 800 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Mablag‘lar 2026 yil 1 martga qadar Xalq banki orqali fuqarolarning ijtimoiy yoki bank kartalariga o‘tkaziladi.

Mazkur qaror Ramazon oyida ehtiyojmand aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash hamda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun