Navro‘z — yuqori saviyada o‘tkaziladi

Date:

Surxondaryo vohasida sharqona Yangi yil — Navro‘z ayyomini munosib kutib olishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Qadimdan yangilanish, mehr-oqibat va birlik ramzi bo‘lgan ushbu umumxalq bayrami vohada har yili keng xalq sayillari, milliy an’analar va ommaviy tadbirlar bilan ko‘tarinki ruhda nishonlanadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan yig‘ilishda bayram tadbirlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Unda mas’ullar tomonidan ishlab chiqilgan madaniy dasturlar, sahna bezaklari va hudud dizayni, sport musobaqalari hamda xalq o‘yinlariga oid ssenariylar taqdim etildi.

Viloyat rahbari takliflarni yanada boyitish, sahna va dekoratsiya yechimlarini mukammallashtirish zarurligini ta’kidladi. Bayram tantanalari bo‘lib o‘tadigan Yangi O‘zbekiston massivi amfiteatrida amaliy ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, kelgusi hafta pavilonlarni o‘rnatish va ularni bayramona ruhda bezatish jarayonlarini joyiga chiqib o‘rganish va muvofiqlashtirish rejalashtirildi.

Navro‘z Surxondaryoda nafaqat bayram, balki xalqni birlashtiruvchi, milliy qadriyatlarni namoyon etuvchi katta shodiyona sifatida qabul qilinadi. Shu bois tayyorgarlik ishlari ham shunga yarasha — puxta, mazmunli va yuksak saviyada tashkil etilmoqda. Bu esa vohada Navro‘zning o‘ziga xos fayzi va tarovatini yanada yaqqol namoyon etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun