Qulay, xavfsiz va zamonaviy

Date:

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mutasaddilar bilan birgalikda tuman markazidagi Abdulla Qahhor ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, ko‘chani tartibga keltirish hamda piyodalar va transport harakati uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Sariosiyo dehqon bozori infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur chora-tadbirlar tuman markazi va bozor hududini yanada obod qilish, aholiga qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun