Taʼlimda milliy reytingi joriy qilinadi

Date:

O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish hamda rag‘batlantirish tartibini belgilovchi nizom loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, milliy reyting Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan yuritiladi.

Reyting tizimining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalari o‘rtasida shaffof va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sifati va mehnat bozori talablari o‘rtasidagi uyg‘unlikni kuchaytirish, ta’lim tashkilotlari nufuzini oshirish hamda ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Reytingda bitiruvchilari mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus va davlat kasbiy ta’lim muassasalari ishtirok etadi. Harbiy va ayrim maxsus toifadagi ta’lim muassasalari esa reytingdan mustasno etiladi.

Ma’lumotlar har yili 30-iyun holatiga shakllantirilib, maxsus platforma orqali tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari hamda ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida jamlanadi. Reyting natijalari mezonlar bo‘yicha to‘plangan umumiy ball asosida aniqlanib, har yili 10-oktyabrga qadar e’lon qilinadi. Shuningdek, ta’lim muassasalariga natijalar yuzasidan belgilangan tartibda elektron murojaat qilish imkoniyati beriladi.

Rag‘batlantirish mexanizmiga ko‘ra, reytingda eng yuqori natija ko‘rsatgan 50 ta kasbiy ta’lim tashkilotining har biri davlat byudjeti hisobidan BHMning 3 000 baravari miqdorida mablag‘ bilan taqdirlanadi. Ushbu mablag‘larning asosiy qismi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, qolgan qismi esa xodimlarni rag‘batlantirish va malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur tizim kasbiy ta’lim sifatini oshirish, muassasalar faoliyatini ochiq va natijador baholash hamda mehnat bozori ehtiyojlariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun