Kreditlar 12 foizgacha pasaytiriladi

Date:

1-martdan boshlab 37 ta “og‘ir” toifadagi tumanda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar foizi yillik 12 foizgacha pasaytiriladi. Mazkur chora hududlarda aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga garovsiz kreditlar miqdori 50 mln so‘mgacha oshiriladi. Chegara va anklav hududlardagi 563 ta mahallada turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Turizm salohiyati yuqori mahallalarda mehmon uylari, mahsulotni saqlash va qayta ishlash majmualari tashkil etish uchun 150 million so‘mgacha, naslli chorva xaridi uchun esa 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

“Mahalla loyihasi” doirasida kredit foizlarining bir qismini qoplash uchun 1,2 trillion so‘m ajratilib, qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun 4 foiz, qayta ishlash loyihalari uchun 6 foizgacha kompensatsiya beriladi. Shuningdek, tajribali dehqonlarni rag‘batlantirish, suv ta’minoti og‘ir hududlarda quduq qazish va quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarini qoplash, tomchilatib sug‘orish hamda sertifikatlangan ko‘chatlar xaridini subsidiyalash tizimi joriy etilmoqda.

Yangi imtiyozlar mahallalarda tadbirkorlikni kengaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va hududlar iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun