Kartoshka ekish boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida joriy yil hosili uchun 16 ming gektardan ortiq maydonda kartoshka yetishtirilib, 302 115 tonna hosil olish rejalashtirilgan. Ekin maydonlarining 5 700 gektari fermer xo‘jaliklari, 9 300 gektari dehqon xo‘jaliklari asosiy yerlarida, 1 012 gektari esa takroriy ekin maydonlarida parvarishlanadi.

Viloyatda kartoshkachilikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Angor tumanida dehqon va fermerlar 880 gektarga yaqin maydonda kartoshka ekib, 16 600 tonnadan ortiq hosil olishni mo‘ljallagan. “Angor Guliston mevalari” MChJ tomonidan 5 gektarda Polshadan keltirilgan ertapishar va serhosil urug‘lar ekilishi boshlandi. Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, ekish ishlari belgilangan agrotexnik muddatlarda olib borilmoqda.

Viloyatning boshqa tumanlarida ham kartoshka ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, hudud aholisining yillik ehtiyoji 200 ming tonnadan ortiqni tashkil etadi.

 “Ikkinchi non” sifatida qadrlanadigan kartoshka yetishtirish hajmining oshirilishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni arzon va sifatli mahsulot bilan ta’minlash hamda narx-navoning barqarorligini saqlashda muhim omil bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun