Innovatsion yondashuv

Date:

Jarqo‘rg‘on tumani Fermerlari kengashi tashabbusi bilan “Abdurahmon” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi. Unda viloyat va tuman Fermerlari kengashi mas’ullari, hokimlik vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda qiymati 300 million so‘mlik suv tejamkor texnologiyalar joriy etilishi, ularning paxta va g‘alla hosildorligini oshirishdagi ijobiy samaralari muhokama qilindi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida fermer xo‘jaligida 450 dona mevali ko‘chat ekilgani qayd etildi.

Mutaxassis va olim-agronomlar tomonidan yuqori hosildorlikka erishish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha fermerlarga amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar fermerlar uchun tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun