Samaradorlik va barqarorlik sari…

Date:

Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan zamonaviy sug‘orish texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Joriy yilda viloyat bo‘yicha qariyb 15 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga mahalliy hamda Turkiya va Xitoyning ilg‘or kompaniyalari jalb etilgani texnologiyalar sifati va samaradorligini ta’minlamoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, loyihalarni sifatli va manzilli amalga oshirish, suv tejovchi texnologiyalar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgiladi.

Mazkur tashabbuslar suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash, yer unumdorligini oshirish va fermerlar daromadini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun