Bojxonachilar sharaflandi

Date:

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bojxona tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida bojxona tizimining o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, bugungi global murakkab va tahlikali sharoitda davlat chegaralarining ishonchli muhofazasi, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, aholi salomatligi va jamiyat xavfsizligini himoya qilish bojxona xodimlaridan yuksak kasbiy mahorat, halollik va fidoyilikni talab etishi qayd etildi.

Tadbir davomida bojxona organlarida uzoq yillardan buyon halol va fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar Surxondaryo viloyati hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, san’atkorlar ishtirokidagi bayramona konsert dasturi tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun