Yuqori hosil, barqaror daromad

Date:

Sho‘rchi tumanining “Kushon” mahallasida yashovchi Iqlim Uzoqova tomorqadan unumli foydalanish borasida barchaga ibrat bo‘ladigan tashabbusni amalga oshirmoqda. U o‘z issiqxonasida gidroponika usulida qulupnay yetishtirib, yuqori hosil va barqaror daromadga erishmoqda.

Gidroponika — tuproqsiz, suv va mineral moddalar yordamida ekin yetishtirish texnologiyasi bo‘lib, u ekologik toza, serhosil va sifatli mahsulot olish imkonini beradi. Iqlim Uzoqova ushbu innovatsion usulni farzandlari bilan birgalikda joriy etib, yil davomida daromad olish maqsadida issiqxonaga qulupnay ko‘chatlarini ekdi. Bugun esa pishib yetilgan qulupnaylar hamyurtlarimiz dasturxoniga yetib bormoqda.

— Gidroponika bizga qisqa fursatda sifatli hosil olish imkonini berdi. Bozorda qulupnayning bir kilogrammi 100–150 ming so‘m atrofida baholanayotgani daromadimizni yanada oshirmoqda, — deydi Iqlim Uzoqova.

Sho‘rchi tumanida ekin maydonlari, ayniqsa tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ana shunday tashabbuskorlar orqali o‘z samarasini bermoqda. Iqlim Uzoqovaning tajribasi tomorqada innovatsion yondashuv bilan nafaqat oila farovonligini oshirish, balki mahalliy bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash mumkinligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun