Kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi

Date:

Prezidentimizning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-sonli qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yangi nashr va tarjimalarni yo‘lga qo‘yish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxonalarni sohaviy adabiyotlar bilan boyitishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat Soliq boshqarmasi binosida tashkil etilgan kitobxonlik burchagi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida viloyat rahbari davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida kitobxonlik tanlovi tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tanlovning nizomini ishlab chiqish va uni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun