Huquqini bilmasa…

Date:

Ko‘plab nizolar va huquqbuzarliklar aynan huquqiy bilim yetishmasligi sababli kelib chiqadi. Fuqarolar o‘z huquqlarini bilmagani uchun aldovga uchramoqda, shartnomalarni o‘qimasdan imzolamoqda yoki qonuniy imkoniyatlardan foydalanmay qolmoqda. Advokatlik faoliyatida eng ko‘p uchraydigan masalalardan biri — fuqarolarning huquqiy oqibatlarni oldindan baholamasdan harakat qilishi bilan bog‘liqdir. Masalan, og‘zaki kelishuvlarga ishonish, hujjatlarni rasmiylashtirmaslik yoki sudga murojaat qilishdan cho‘chish fuqarolar manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi.
Shu bois har bir fuqaro shartnomalar va bitimlarni diqqat bilan o‘rganishi, o‘z huquqlarining buzilishiga befarq bo‘lmasligi shart. Zarurat tug‘ilganda, malakali huquqiy yordamga murojaat qilishi va qonunlarga hurmat bilan yondashishi lozim. Huquqiy madaniyatning yuksalishi jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlaydi, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi va ijtimoiy adolat qaror topishiga zamin yaratadi.
Huquqiy savodxonlikni oshirish — bu nafaqat davlat idoralari, balki butun jamiyat oldidagi umumiy vazifadir. Huquqiy bilimga ega fuqaro o‘z manfaatlarini himoya qila oladi va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Firdavs Omonov,
advokat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun