Qadamlar dadil

Date:

Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabida sportning yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha 2012–2014-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston — Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etib, gilamda o‘z kuchi, chaqqonligi va irodasini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuvlar yuqori saviyada, murosasiz va hayajonli ruhda kechdi. Har bir bahsda yosh polvonlarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi, sportga bo‘lgan muhabbati yaqqol namoyon bo‘ldi.

Musobaqa jarayonida iqtidorli va istiqbolli sportchilar aniqlanib, ular keyingi bosqichlarda viloyat va respublika miqyosida o‘z mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. G‘olib va sovrindor o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yosh sportchilar esdalik sovg‘alari hamda taqdirlovlar bilan munosib rag‘batlantirildi.

Ushbu sport tadbiri yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularda vatanparvarlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etib, kelajakda yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan sportchilarni yetishtirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun