Maxsus shtab muhokamasi: aholi xabardorligi oshiriladi

Date:

Qish-qirovli kunlar boshlanishi bilan aholi uchun kundalik muammolar ham yanada keskinlashadi. Masala faqat uy-joylarning isitilishi yoki sharoitlar bilan bog‘liq emas, balki avtomobillarni yonilg‘i bilan ta’minlash, xususan, metan gaziga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortib borayotgani bilan ham chambarchas bog‘liq. Benzinda yurish har kimning ham cho‘ntagiga to‘g‘ri kelavermaydi. Shu sababli, ko‘plab haydovchilar “metan”ga soatlab, ba’zan esa tun bo‘yi navbat kutishga majbur bo‘layotgani esa ayni haqiqat.
Aholining dardi esa faqat metan bilan tugamaydi. Qish faslida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham oshadi. Natijada ayrim hududlarda tez-tez yuz berayotgan elektr uzilishlari fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Elektr ta’minotidagi beqarorlik esa nafaqat maishiy qulayliklarga, balki ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur dolzarb muammolar viloyat hokimiligining maxsus shtabida navbatdagi yig‘ilish davomida atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar ochiq muhokama markaziga olib chiqildi.
Yig‘ilishda viloyat bo‘ylab metan quyish shoxobchalari faoliyatining oldindan puxta rejalashtirilmagani, shoxobchalarning ish vaqti va ta’minot holati haqida aholiga o‘z vaqtida va to‘liq axborot yetkazilmagani keskin tanqid qilindi. Aynan mana shu kamchiliklar fuqarolarning soatlab navbatda qolib ketishiga, norozilik kayfiyatining kuchayishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, viloyat rahbari elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, propan va benzin narxlarining ayrim hollarda sun’iy ravishda oshirilishi masalalariga ham alohida to‘xtaldi. Nazoratga mas’ul idoralarning sustkashligi va beparvoligi aholi ishonchini susaytirayotgani, mavjud vaziyatni yanada murakkablashtirayotgani qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlarga aniq va qat’iy vazifalar yuklatildi. Jumladan, viloyat gaz ta’minoti idoralari rahbariyatiga metan quyish shoxobchalarining ish tartibi, mavjud gaz hajmi, qaysi hududlarda va qaysi vaqtlarda shoxobchalar faoliyat ko‘rsatishi haqida aholini oldindan xabardor qilish tizimini joriy etish vazifasi topshirildi. Bu borada zamonaviy axborot kanallari va tezkor ogohlantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Elektr ta’minoti uchun mas’ul tashkilotlarga esa elektr energiyasidagi uzilishlar haqida aholini o‘z vaqtida, aniq va ishonchli axborot bilan ta’minlash, uzilishlarning oldini olish va mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilishda barcha jarayonlarni rejali, shaffof va fuqarolar manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda tashkil etish muhimligi qayd etildi. Ta’kidlanganidek, energiya ta’minotidagi har qanday uzilish yoki noaniqlik, eng avvalo, oddiy fuqaroning turmushiga ta’sir qiladi. Shu bois, mas’ul idoralar zimmasidagi vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishi, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishi talab etiladi.

Oldingi sahifaMezbon jamoa g‘olib
Keyingi sahifaTerDUda bir kun…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hisobotdan amaliy natijaga, rejalardan hayotga…

Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida davlat rahbarining parlament va xalqqa...

Ichki yo‘llar rekonstruksiya qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yirik qurilish va...

Elektr ta’minoti loyihasi nazoratda

 “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barqaror infratuzilma bilan ta’minlash doirasida Surxondaryo...

Kitobxonlikni rivojlantirishda yangi davr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitobxonlik...
KunTun
KunTun