Onlayn darslar boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyatining olis va chekka hududlaridagi umumta’lim maktablarida xorijiy tillardan onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tashabbus Prezident qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi topshiriqlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida xorijiy til mutaxassislari yetishmaydigan maktablarga zamonaviy elektron doskalar o‘rnatilib, Termiz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan masofaviy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Mazkur loyiha ta’lim sifatini oshirish, chekka hududlardagi o‘quvchilar uchun teng va zamonaviy bilim olish imkoniyatini yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun