Harbiy-vatanparvarlik — barqaror xavfsizlik poydevori

Date:

Vatanparvarlik oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy-vatanparvarlik hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining Termiz shahrida joylashgan 11506-harbiy qism muzeyiga tashrifi mazkur yo‘nalishdagi ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Muzeyga tashrif davomida xodimlar Vatan himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarning hayot yo‘li, jasorati va matonatini aks ettiruvchi tarixiy hujjatlar, fotosuratlar hamda eksponatlar bilan tanishdilar. Bu esa har bir xodim qalbida Vatanga sadoqat, xizmat burchiga mas’uliyat va xalq tinchligi uchun jonbozlik ruhini yanada mustahkamlaydi.

Harbiy-vatanparvarlik hissi — bu faqat qurol tutish yoki harbiy xizmat bilan cheklanib qolmaydi. U, avvalo, Vatan taqdiriga daxldorlik, uning tinchligi va taraqqiyoti uchun mas’ul ekanini anglash, qonunga hurmat, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish va xalqqa sidqidildan xizmat qilish kabi oliy fazilatlarni o‘z ichiga oladi.

Shu ma’noda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar FVB xodimlarining kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Bunday uchrashuvlar orqali xodimlar nafaqat tarixiy bilimlarini boyitadilar, balki xizmat davomida uchraydigan mas’uliyatli va xavfli vaziyatlarda qat’iyat, jasorat hamda yuksak ma’naviyat bilan harakat qilishga ruhiy tayyorgarlikni mustahkamlaydilar.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida vatanparvarlik va ma’naviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, yuksak ma’naviyatga ega, Vatanga sadoqatli va xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan xodimgina mamlakat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini ishonchli ta’minlay oladi.

Zulfiya Sohibova,

viloyat FVBaxborot va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arzon va sifatli

Sho‘rchi tumanida aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib...

Armiya — bilim va kasb maktabi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha...

Hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport...

2,3 ming nafar fuqaroga jihozlar topshirildi

Prezidentimizning aholi bandligini ta’minlash, reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda...
KunTun
KunTun