«MAYLIKU-YA…»

Date:

U mahalla raisi oldiga kelib o‘zini nochordan olib nochorga soldi va moddiy yordam so‘radi.

— Qo‘ldan berganga qush to‘ymaydi, uka, — dedi rais. — Yaxshisi yuzta tovuq olishingga ko‘maklashaman. Kuniga 70-80 tadan tuxum tug‘sayam ro‘zg‘oringga baraka kiradi, sotib, pul topasan. Tovuq yetti xazinaning biri, axir.

— Mayliku-ya, — dedi u chaynalib. — Lekin hovlimda tovuq katagim yo‘q-da…

— Unisigayam ko‘ndim, — oqsoqol yon bosdi. — Ikkita yigitga aytaman tovuq katak qurishingga yordamlashadi. Bo‘ladimi?

— Mayliku-ya, — u yana chaynaldi. — Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don, deganlariday, yuzta tovuqni qanday boqaman?

— Bu yog‘ini o‘ylama, — raisning ensasi qotsayam sezdirmadi. — To‘rt-besh kunga yetadigan yem topib beraman.

— Mayliku-ya, — battar chaynaldi u. — Ammo to‘rt-besh kundan keyin nima qilaman? Tovuq boqishning o‘zi bo‘ladimi?

Raisning jahli chiqdi:

— Unda ketaver. Tovuqlarni katagi bor, don-dun topadigan boshqa oilaga beramiz. Bo‘ladimi?

— Mayliku-ya, moddiy yordam-chi? Moddiy yordam nima bo‘ladi?

— Moddiy yordam senga to‘g‘ri kelmaydi!.. Sur g‘altagingni…

U o‘sha kunning o‘zida raisning ustidan shikoyat yozdi…

L. O‘ROQOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun