“Afg‘on shamoli”ning ta’siri kamayadi

Date:

Surxondaryo viloyatida ekologik muvozanatni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, chang-to‘zonlarning oldini olish hamda iqlim sharoitini yaxshilash maqsadida viloyatda 10 ming gektar maydonda “yashil makon”lar yaratish rejalashtirilgan va bu boradagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Mahalliy aholi “Afg‘on shamoli” deb ataydigan kuchli changli shamollarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun “yashil belbog‘”lar barpo etish va boshqa ekologik loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu tashabbuslar nafaqat ekologik holatni yaxshilash, balki aholi salomatligini muhofaza qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Termiz tumanining Xalqobod mahallasida, M-39 avtomagistraliga yaqin hududdagi 8 gektar maydonda “yashil makon” bog‘i barpo etilmoqda. O‘tkazilgan umumxalq hasharida ko‘ngilli aholi, tashkilot va idoralar vakillari hamda “mahalla yettiligi” a’zolari faol ishtirok etib, 4 mingdan ortiq iqlim sharoitiga mos manzarali ko‘chatlar ekildi.

Mazkur ishlar viloyatda ekologik barqarorlikni mustahkamlash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun