“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi kengaytirilmoqda

Date:

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur asosida Termiz tumanida tanlab olingan qator mahallalarda ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Dastur doirasida hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga muvofiq, ushbu dasturni amalga oshirish hududi yanada kengaytirilib, Termiz tumani “Yangiariq–Surxon” hududida, M-41 avtomagistral yo‘li bo‘ylab joylashgan Sharof Rashidov hamda “Quyoshli yurt” mahallalarida ham loyihani joriy etish belgilandi.

Mazkur tashabbus mahallalar salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun