Fidoyilar sahna ortida

Date:

Yangi yil munosabati bilan Termiz davlat universiteti rektori  300 nafardan ortiq xo‘jalik va texnik xodimlar bilan  uchrashib, samimiy suhbat qurdi.

 A.Toshqulov kampusdagi tozalik, saranjomlik, obodonchilik va yordamchi xo‘jaliklardagi mashaqqatli mehnati bilan TerDU ko‘rkamligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘pincha sahna ortida qoladigan fidoyi xodimlar bilan uchrashishni o‘zining nafaqat rahbarlik, balki insoniy burchi deb bilishini ta’kidladi.

Samimiy muloqot davomida xo‘jalik va texnik xodimlarning ezgu mehnati yuksak e’tirof etildi. Shuningdek, ularning oylik ish haqlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda moddiy rag‘batlantirish masalalari 2026-yil uchun muhim vazifalar sifatida belgilab olinganligi maʼlumot sifatida keltirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga yangi yil tabriklari yo‘llanib, rektor boshchiligidagi universitet mas’ullari xodimlar bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lishdi. Nonushtadan so‘ng har bir xodimga universitetning bayram sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun