Sariosiyolik bolajonlar quvonchi

Date:

Mamlakatimiz bo‘ylab start berilgan “Prezident archasi” tadbirlari Sariosiyo tumanida ham ko‘tarinki ruhda boshlandi. Tuman hokimligida tashkil etilgan bayram tadbirida 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda Vatan tinchligi yo‘lida jon fido qilgan xizmatchilarning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Odiljon Yaqubov yig‘ilganlarni Prezidentimiz nomidan samimiy tabriklab, bolajonlarga Davlat rahbarining maxsus sovg‘alarini topshirdi. Ma’lumot o‘rnida, “Prezident sov‘g‘asi” tarkibidan 24 turdagi o‘quv qurollari va 34 xil shirinliklar o‘rin olgan.

Bayram tadbiri Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalar hamda kuy-qo‘shiqlar bilan davom etib, bolajonlarga unutilmas quvonch ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun