Unutilmas quvonch ulashib

Date:

Yangi yil bayrami arafasida Bandixon tumanida “Prezident archasi” doirasida bayram tadbirlari tashkil etildi. Tuman markazidagi “Yoshlar sayilgohi”da bo‘lib o‘tgan teatrlashtirilgan tomoshalar bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shu munosabat bilan tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda 3–16 yoshdagi ota-ona qarovisiz qolgan 16 nafar bola ishtirok etdi. Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov bolajonlarni Prezidentimiz nomidan Yangi yil bilan tabriklab, 24 turdagi o‘quv qurollari va 34 turdagi shirinliklardan iborat “Prezident sovg‘alari”ni topshirdi.

Tadbir davomida Qorbobo, Qorqiz hamda ertak qahramonlari ishtirok etib, bolalarga unutilmas quvonch ulashdi.

Oldingi sahifaJazosi ogʻir boʻladi
Keyingi sahifaAholiga qulaylik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun