Hindistonlik professor ishtirokida seminar

Date:

Termiz davlat universitetida hindistonlik professor ishtirokida ilmiy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda (Web of Science, Scopus) maqola chop etish, xalqaro grantlar (DAAD, IsDB, Erasmus, UNDP va boshqalar)da ishtirok etish hamda universitetlarni QS va ARWU kabi Top-1000 xalqaro reytinglarga olib kirish uchun zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar doirasida ilmiy karyerani strategik rivojlantirish, akademik nufuzni oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar-treningda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, amaliy va foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun