“Qorboboga maktub”

Date:

Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida bolajonlar qalbiga quvonch, orzu va ishonch ulashishga qaratilgan “Qorboboga maktub” loyihasi tashkil etildi.

Mazkur loyiha doirasida tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar Qorboboga o‘z tilaklari, orzu-istaklari, kelajakdagi maqsadlari bitilgan maktublarni yozib, ularni maxsus tayyorlangan pochta qutilariga joylashtirmoqda. Ushbu tashabbus bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, yozma nutq hamda ezgu orzular sari intilish tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Loyiha jarayonida ta’lim muassasalarida bayramona muhit yaratilgan bo‘lib, pedagoglar tomonidan bolalarga Yangi yil an’analari, mehr-oqibat, saxovat va ezgulik g‘oyalari targ‘ib etilmoqda. Eng samimiy va qiziqarli maktublar alohida e’tirof etilib, mualliflari Yangi yil sovg‘alari bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun